Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1128-modda. Vasiyatnomaning sir saqlanishi

Notarius, vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa mansabdor shaxs, shuningdek vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolagan fuqaro meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuniga, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga daxldor maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.