Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1143-modda. Meros olishda erning (xotinning) huquqi

Vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha erga (xotinga) tegishli boʻlgan vorislik huquqi uning meros qoldiruvchi bilan nikohdagi holatiga bogʻliq boshqa mulkiy huquqlariga, shu jumladan nikohda boʻlib, birgalikda orttirilgan mol-mulkning muayyan qismiga nisbatan boʻlgan mulk huquqiga daxl qilmaydi.