Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1187-modda. Yoʻlda boʻlgan koʻchar mulkka nisbatan ashyoviy huquqlar

Bitim boʻyicha yoʻlda boʻlgan koʻchar mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, agar taraflarning kelishuvida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bu mol-mulk joʻnatilgan mamlakatning huquqi boʻyicha belgilanadi.