Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 480-modda. Koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shakli

Koʻchmas mulkni sotish shartnomasi taraflar imzolagan yozma shakldagi bitta hujjat tarzida tuziladi (ushbu Kodeks 366-moddasining toʻrtinchi qismi ). Koʻchmas mulkni sotish shartnomasining shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.