Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 499-modda. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq tovarni topshirish majburiyatini muqobil bajarish

Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq ayirboshlanadigan tovarlarni topshirish muddatlari bir-biriga toʻgʻri kelmagan taqdirda, tovarni topshirish majburiyatini boshqa taraf tovarni topshirganidan soʻng bajarishi lozim boʻlgan tarafning tovarni topshirish majburiyatini bajarishiga nisbatan majburiyatni muqobil bajarish toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllanadi.