Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 534-modda. Umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning vorislarga oʻtishi

Oluvchi vafot etgan taqdirda umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha majburiyatlar uning vorislariga oʻtadi. Oluvchining vorislari boʻlmaganida yoki ular umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joy (uyning bir qismi), kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini bajarishdan voz kechganlarida oluvchiga berilgan uy-joy (uyning bir qismi), kvartira uni boshqa shaxsga beruvchiga qaytariladi.