Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 569-modda. Transport vositasidan foydalanish haqida uchinchi shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar

Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qoʻshimcha ijaraga berishga haqli. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz oʻz nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, transport vositasining vazifasiga xilof boʻlmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli.