Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 581-modda. Ijaraga olingan korxonani topshirish

Ijaraga olingan korxona ijaraga oluvchiga topshirish dalolatnomasi boʻyicha topshiriladi. Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijaraga olingan korxonani topshirishga tayyorlash, shu jumladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining zimmasidagi majburiyat hisoblanadi va uning hisobidan amalga oshiriladi.