Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 604-modda. Uy-joyga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtganida uy-joyni ijaraga berish shartnomasining saqlanishi

Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan uy-joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.