Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 605-modda. Uy-joyni ijaraga beruvchining majburiyatlari

Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli boʻsh uy-joyni berishi lozim. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat koʻrsatishi yoki xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat koʻrsatish qurilmalari taʼmirlanishini taʼminlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.