Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 620-modda. Ashyoni tekin foydalanishga bermaslik oqibatlari

Agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.