Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 626-1-modda. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasining shakli

Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi, bundan uy-joyni yaqin qarindoshlarga (ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari) tekin foydalanishga berish hollari mustasno. Uy-joyni tekin foydalanishga berish shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi qismida , 607-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 609 , 610-moddalarida , 612-moddasining birinchi qismida , 615-moddasining birinchi qismida , uchinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida , toʻrtinchi va beshinchi qismlarida , 616-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.