Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 661-modda. Ishni buyurtmachining materialidan foydalanib bajarish

Agar maishiy pudrat shartnomasi boʻyicha ish buyurtmachining materialidan foydalanib bajarilsa, shartnoma tuzilayotganda buyurtmachiga pudratchi tomonidan beriladigan pattada yoki boshqa hujjatda materialning aniq nomi, taʼrifi va taraflarning kelishuvi boʻyicha belgilanadigan bahosi koʻrsatilishi kerak. Patta yoki shunga oʻxshash boshqa hujjatdagi materialning bahosi xususida buyurtmachi keyinchalik sudda nizolashishi mumkin.