Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 684-modda. Yer uchastkasining ipotekasi

Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarni bajarishi, shu jumladan bajarilgan ishlar haqini toʻlashi, shartnomada nazarda tutilgan hollarda pudrat narsasini ushlab qolish bilan bir qatorda qurilish yoki unga bogʻliq ishlar olib borilayotgan yer uchastkasining ipotekasi bilan ham taʼminlanishi mumkin.