Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 700-modda. Tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari shartnomasidagi natijalarga erishib boʻlmaslik oqibatlari

Agar tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarish jarayonida pudratchi aybdor boʻlmagani holda ishni davom ettirish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi maʼlum boʻlsa, buyurtmachi pudratchining xarajatlarini toʻlashi shart.