Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 707-modda. Haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilish

Buyurtmachi xizmatlarning belgilangan bahosini batamom toʻlash sharti bilan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma ijrochining aybli harakatlari tufayli bekor qilingan hollar bundan mustasno. Ijrochi shartnoma bekor qilinishi tufayli buyurtmachiga yetkazilgan zararning hammasini toʻlash sharti bilangina haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli, shartnoma buyurtmachining aybi bilan bekor qilingan hollar bundan mustasno.