Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 757-modda. Qarzdorning muqobil talablari

Moliya agenti qarzdordan toʻlovni amalga oshirishni talab qilgan taqdirda, qarzdor ushbu Kodeksning 343, 344 va 345-moddalariga muvofiq, oʻzining mijoz bilan tuzilgan shartnomaga asoslangan, qarzdor pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechilganligi haqida yozma bildirishnoma olgan paytda ixtiyorida boʻlgan oʻz pul talabnomalarini hisobga olish uchun taqdim etishga haqli. Mijoz qarzdor bilan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qarzdorning pul talabnomalarini hisobga olishga boʻlgan huquqlarini moliya agentiga taqdim etmaslik toʻgʻrisida yozma shaklda kelishishi mumkin.