Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 758-1-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni roʻyxatdan oʻtkazish

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega boʻladi.