Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 809-modda. Chek boʻyicha pul toʻlash

Chek boʻyicha pul chek beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Chek qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatda toʻlovga taqdim etilgan taqdirdagina u boʻyicha pul toʻlanadi. Chek boʻyicha pul toʻlagan shaxs chekning toʻlov olinganligi haqidagi tilxat bilan birga oʻziga berilishini talab qilishga haqli.