Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 810-modda. Chek boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga berish

Chek boʻyicha huquqlar ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda boshqa shaxsga beriladi. Egasining nomi yozilgan chek boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Oʻtkazma chekda pul toʻlovchiga qilingan indossament toʻlovni olganlik uchun tilxat kuchiga ega boʻladi. Toʻlovchi tomonidan qilingan indossament haqiqiy emas. Agar indossament boʻyicha olingan oʻtkazma chekka ega boʻlgan shaxs oʻzining huquqini uzluksiz (bir-birini taqozo etuvchi) indossamentlar qatori bilan asoslab bersa, u oʻtkazma chekning qonuniy egasi deb hisoblanadi.