Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 831-modda. Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan shaxsning hisoboti

Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilgan shaxs kimning manfaatini koʻzlab faoliyat olib borgan boʻlsa, oʻsha shaxsga olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va koʻrilgan zararni koʻrsatgan holda hisobot taqdim etishi shart.