Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 860-modda. Ishonchli boshqaruvchiga toʻlanadigan haq

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u mol-mulkni ishonchli boshqarish chogʻida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan mol-mulk hisobidan yoki ushbu mol-mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish huquqiga ega.