Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 863-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining shakli va uni roʻyxatga olishga qoʻyiladigan talablar

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar sifatida ish koʻradigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni roʻyxatga olgan organ tomonidan roʻyxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab boʻladi.