Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 869-modda. Litsenziarning litsenziatga qoʻyiladigan talablar boʻyicha javobgarligi

Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha sotayotgan (bajarayotgan, koʻrsatayotgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati shartnomaga mos emasligi toʻgʻrisida litsenziatga qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar boʻladi. Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qoʻyiladigan talablar yuzasidan litsenziar litsenziat bilan solidar javobgar boʻladi.