Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 870-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini oʻzgartirish

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin. Tegishli oʻzgartishlar ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan paytdan boshlab shartnoma oʻzgartirilgan deb hisoblanadi.