Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 920-modda. Tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish

Tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha faqat sugʻurta qildiruvchining oʻz tadbirkorlik xavfi va faqat uning foydasiga sugʻurtalanishi mumkin. Sugʻurta qildiruvchi boʻlmagan shaxsning tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Sugʻurta qildiruvchi boʻlmagan shaxsning foydasiga tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi sugʻurta qildiruvchi foydasiga tuzilgan hisoblanadi.