Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 923-modda. Majburiy sugʻurtani amalga oshirish

Majburiy sugʻurta bunday sugʻurta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sugʻurta qildiruvchi) sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sugʻurta sugʻurta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yoʻlovchilarni majburiy sugʻurtalash bundan mustasno boʻlib, bu sugʻurta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning oʻz hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sugʻurtalanishi lozim boʻlgan obyektlar, ular sugʻurtalanishga sabab boʻladigan xavflar va sugʻurta summasining eng kam miqdorlari qonunchilik bilan belgilanadi.