Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 966-modda. Sherikning axborot olishga boʻlgan huquqi

Har bir sherik, u sheriklarning umumiy ishlarini yuritishga vakolat olgan-olmaganidan qatʼi nazar, ishlarni yuritishga doir barcha hujjatlar bilan tanishishga haqli. Bu huquqni rad etish yoki uni cheklash, shu jumladan sheriklarning kelishuvi bilan rad etish yoki cheklash oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.