Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 980-modda. Taqdim etilgan ishlarni ommaviy tanlov ishtirokchilariga qaytarish

Ommaviy tanlovni eʼlon qilgan shaxs, agar tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki bajarilgan ishning xususiyatidan kelib chiqmasa, mukofotga sazovor boʻlmagan ishlarni tanlov ishtirokchilariga qaytarishi shart.