Ish yuritish toʻxtatib turilganida, ushbu Kodeksda belgilangan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno.