Fuqarolik protsessual kodeksi 130-modda. Daʼvoning bahosini belgilash tartibi

Daʼvoning bahosi daʼvogar tomonidan koʻrsatiladi. Daʼvogar koʻrsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq emasligi yaqqol boʻlsa, daʼvoning bahosini sudya belgilaydi. Daʼvo taqdim etilgan vaqtda uning bahosini belgilash qiyin boʻlsa, davlat bojining miqdorini sudya dastlabki tarzda belgilaydi va keyinchalik ishni hal qilish chogʻida sud belgilagan daʼvo bahosiga muvofiq, davlat bojining toʻlanmagan qismi undiriladi yoki ortiqcha olingan qismi qaytariladi.