Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarga, tarjimonlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summalar yoki joyida koʻzdan kechirishni oʻtkazishga doir xarajatlar uchun zarur boʻlgan summalar tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan taraf tomonidan sudning depozit hisobvaragʻiga oldindan kiritiladi. Agar bu iltimosnoma ikkala taraf tomonidan berilgan boʻlsa yoki guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni, tarjimonlarni chaqirish, joyida koʻzdan kechirish sudning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, talab qilinadigan summani taraflar teng miqdorda kiritadi. Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvaragʻidan toʻlanishi mumkin. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan sud hujjati chiqarilayotganda sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda ushbu Kodeksga muvofiq undiriladi.