Fuqarolik protsessual kodeksi 136-modda. Vakilning yordami uchun haq toʻlashga doir xarajatlarning oʻrnini qoplash

Hal qiluv qarori qaysi tarafning foydasiga chiqarilgan boʻlsa, sud shu tarafga ikkinchi tarafdan vakilning yordami uchun toʻlashga doir xarajatlarni oqilona miqdorlarda undirib beradi. Agar hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga advokat belgilangan tartibga muvofiq bepul yordam koʻrsatgan boʻlsa, bu summa boshqa tarafdan advokatlar byurosi (hayʼati, firmasi) foydasiga undiriladi.