Fuqarolik protsessual kodeksi 140-modda. Taraflarga sud xarajatlarining oʻrnini qoplash

Prokurorning, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilgan davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning va fuqarolarning arz qilingan talablari toʻliq yoki qisman rad etilganda, javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq yoki daʼvogar arz qilgan talablarning rad etilgan qismiga mutanosib ravishda qoplanadi. Talablarni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ushbu Kodeks 46-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan jalb etilgan javobgar qilgan sud xarajatlarining oʻrni budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Mol-mulkni xatlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, daʼvogar qilgan sud xarajatlarining oʻrni unga budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.