Fuqarolik protsessual kodeksi 148-modda. Jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish

Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining koʻchirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida koʻrib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.