Fuqarolik protsessual kodeksi 164-modda. Javobgarning turish joyi nomaʼlumligi

Javobgarning amaldagi turish joyi nomaʼlum boʻlsa, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (maʼmuriyatning mansabdor shaxsi) sud chaqiruv qogʻozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga mazkur organlar yoki tashkilotlar sud chaqiruv qogʻozini yoki boshqa xabarnomani olganligi va uni chaqiriluvchining turish joyi nomaʼlumligi sababli unga topshirishning imkoni boʻlmaganligi haqida yozib yuborgan maʼlumot sudga kelib tushgach, sud ishni muhokama qilishga kirishadi.