Fuqarolik protsessual kodeksi 174-modda. Davlat boji

Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizadan qonunchilikda daʼvo ishini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida daʼvo qoʻzgʻatilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan bojga qoʻshib hisoblanadi.