Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi koʻchirma nusxalari bilan birga sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza mustasno. Sudya ishning murakkabligi va xususiyatiga qarab, arizaga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini javobgarlarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etish majburiyatini daʼvogarning zimmasiga yuklashi mumkin.