Arizaga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: 1) arz qilinayotgan talablarga asos boʻlgan holatlarni; 2) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligini, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini; 4) arizani imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatni, agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.