Fuqarolik protsessual kodeksi 198-modda. Bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish

Agar arizani koʻrayotgan sudya talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u birlashtirilgan talablardan birini yoki bir nechtasini alohida ish yuritishga ajratishga haqli. Bir nechta daʼvogar tomonidan yoki bir nechta javobgarga nisbatan talablar taqdim etilgan taqdirda, arizani ish yuritishga qabul qilish va ishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotgan sudya, agar talablarni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, bir yoki bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli. Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasi boʻyicha ajrim chiqariladi. Ajratilgan talab boʻyicha ish koʻrish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.