Fuqarolik protsessual kodeksi 199-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish

Sud tomonidan ish boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birgalikda koʻrib chiqish uchun daʼvogarga nisbatan qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.