Sudya quyidagi hollarda qarshi daʼvoni qabul qilishi shart, agar: 1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa; 2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa; 3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa.