Fuqarolik protsessual kodeksi 204-modda. Sudyaning ishni sud muhokamasiga tayyorlash boʻyicha harakatlari

Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida quyidagi harakatlarni amalga oshiradi: 1) ishga uchinchi shaxslarning jalb etilishi yoki kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan, mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarni ushbu Kodeksning 203-moddasiga muvofiq soʻroq qiladi; 2) ishni koʻrishda vakillarning qatnashishi masalasini hal qiladi; 3) ishda prokurorning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi va sud protsessida ishtirok etish uchun tegishli davlat boshqaruvi organini jalb etish haqidagi masalani hal qiladi; 4) sherik daʼvogarlarning, sherik javobgarlar va uchinchi shaxslarning ishga kirishishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi, shuningdek ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqidagi masalani hal qiladi; 5) guvohlarni sud majlisiga chaqirish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; 6) tashkilotlardan yoki fuqarolardan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni talab qilib oladi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga sudga taqdim etish uchun bu dalillarni olishga doir soʻrovlar beradi; 7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini inobatga olgan holda, ekspertiza tayinlash va mutaxassis jalb etish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; 8) kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, joyga chiqib koʻzdan kechirishni amalga oshiradi; 9) boshqa sudlarga sud topshiriqlari yuboradi; 10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; 11) bir turdagi ishlarni birlashtirish va bir nechta talabni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi; 12) daʼvoni va dalillarni taʼminlash masalasini hal qiladi; 13) taraflarni yarashtirish choralarini koʻradi; 14) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday sud majlisida ishtirok etish huquqini tushuntiradi. Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida boshqa zarur prot