Fuqarolik protsessual kodeksi 205-modda. Ishni sud muhokamasiga tayinlash

Sudya ish yetarli darajada tayyorlangan deb topgach, uni sud majlisida muhokama qilishga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi hamda taraflar va sud protsessining boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilish yuzasidan choralar koʻradi.