Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u: 1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa; 2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa; 3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa; 4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa; 5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa.