Fuqarolik protsessual kodeksi 215-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish

Guvohlarning kelgan-kelmaganligi tekshirilgach, ular sud majlisi zalidan chiqarib yuboriladi. Raislik qiluvchi sud tomonidan soʻroq qilingan guvohlar soʻroq qilinmagan guvohlar bilan muomalada boʻlmasligi uchun choralar koʻradi.