Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: 1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; 2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan soʻng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga boʻysunmaganida; 3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; 4) oʻziga sud chaqiruv qogʻozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda; 5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga koʻra sud majlisiga kelmaganda; 6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz oʻtkazilishi toʻgʻrisida ariza kelib tushmagan boʻlsa; 7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni koʻrish imkoni boʻlmasa; 8) daʼvogar ishni javobgarning ishtirokisiz koʻrishga rozi boʻlmaganda; 9) qarshi daʼvo taqdim etilganda; 10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; 11) qoʻshimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur boʻlganda; 12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda. Sud ishni sud majlisida koʻrish imkoni boʻlmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir boʻlgan shaxslarga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadiga