Fuqarolik protsessual kodeksi 230-modda. Guvohning yozma xotiralardan foydalanish huquqi

Guvoh koʻrsatuv berishda uning koʻrsatuvlari biror-bir hisoblar yoki xotirada saqlab qolish qiyin boshqa maʼlumotlar bilan bogʻliq boʻlgan hollarda yozma xotiralardan foydalanishi mumkin. Bu yozma xotiralar sudga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga koʻrsatiladi hamda sudning ajrimi bilan ishga qoʻshib qoʻyilishi mumkin.