Ashyoviy dalillar sud tomonidan koʻzdan kechiriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga ham taqdim etiladi. Oʻziga ashyoviy dalillar taqdim etilgan shaxslar koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boʻlgan u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini qaratishi mumkin. Bunday arzlar sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Ushbu Kodeksning 76 , 93 , 103 , 104 va 239-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tuzilgan ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish bayonnomalari sud majlisida oʻqib eshittiriladi, shundan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz tushuntirishlarini berishi mumkin.