Fuqarolik protsessual kodeksi 243-modda. Ishni mazmunan muhokama qilishni tamomlash

Ish boʻyicha toʻplangan barcha dalillar tekshirib boʻlinganidan keyin raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish materiallarini biror narsa bilan toʻldirish istagi bor-yoʻqligini soʻraydi. Bunday arzlar boʻlmagan taqdirda, raislik qiluvchi ishni mazmunan muhokama qilish tamom boʻlganligini eʼlon qiladi va sud sudning muzokaralarini eshitishga oʻtadi.